O‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kun “registratsiya”siz yurishiga ruxsat berilgani rostmi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada 15 kungacha tegishli idoralarda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish imkonini beruvchi xalqaro bitim hali kuchga kirmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan o‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan vaqtincha bo‘lishi mumkinligiga doir tartib kuchga kirgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, ma’lum qildi.

Qayd etlishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim 2021 yil 17 iyun kuni imzolangan.

Bitimning 1-moddasiga ko‘ra, bir Tomon davlati hududida vaqtincha bo‘lib turgan boshqa Tomon davlatining fuqarolari 15 kun mobaynida kelish davlatining vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish) majburiyatidan ozod etiladilar.

2022 yil 20 yanvar kuni mazkur xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rossiya tomoniga mamlakatimiz tomonidan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegishli bildirishnomani yuborgan.

“Bitimning 4-moddasiga ko‘ra, Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari Tomonlar tarafidan bajarilgani to‘g‘risida oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali qabul qilingan sanadan kuchga kiradi.

Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan Bitim kuchga kirmagan, zero rossiya tomonidan tegishli davlat ichki tartib-taomillari hali yakunlanmagan”, deyiladi TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, RFda “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida“gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing