O‘zbekistonliklar ramazon hayitida 3 kun dam olishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

22 aprel – shanba;
23 aprel – yakshanba;
24 aprel –  dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar 22 aprel, shanba O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel, juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar