O‘zbekistonliklar Pomirning eng baland cho‘qqilarini zabt etdi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2021
5596O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida “O‘zbek sayyohi” va “Sirli O‘zbekiston” jamoasi a’zolari Pomirning eng baland cho‘qqilarini zabt etdi va ularga O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda “Sirli O‘zbekiston” jamoasining Facebook sahifasida keltirilgan.
“O‘zbek sayyohi” jamoasining a’zosi Diyor Haydarov 7134 metr balandlikdagi Abu Ali ibn Sino cho‘qqisida (Lenin cho‘qqisi), “Sirli O‘zbekiston” jamoasi a’zosi Ilhom Ikromov esa balandligi 6100 metr bo‘lgan “Razdelnaya” cho‘qqisida O‘zbekiston Davlat bayrog‘ini ko‘tardi.
Ta’kidlanishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli sayyohlarning cho‘qqiga chiqishi uchun 18 kun kerak bo‘lgan.
LiveBarchasi