O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 avgust 2021 20902 1 daqiqa
O‘zbekiston fuqarolari 1 sentyabr — Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi. Bu haqda Prezident farmonida belgilab qo‘yilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Mustaqillik bayramida idora, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi.
- 1 sentyabr (chorshanba) — “Mustaqillik kuni”;
- 2 sentyabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 3 sentyabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4 sentyabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’iy nazar);
- 5 sentyabr (yakshanba) — dam olish kuni.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yili Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar uch kun ketma-ket dam olgandi.
Live
Barchasi