O‘zbekistonliklar Konstitutsiyaga qanday o‘zgartirishlar kiritishni so‘rayapti?

Jamiyat

Bugungacha O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha 967 ta taklif kelib tushdi. Ularning 641 tasi erkaklar va 263 tasi ayollar tomonidan bildirilgan. Bu haqda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot kotibi Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

Takliflarda asosan quyidagi sohalar bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish so‘ralgan:

•    sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish;
•    ta’limni rivojlantirish;
•    ijtimoiy himoyani kuchaytirish;
•    ekologiyaga ustuvor ahamiyat qaratish;
•    xususiy mulk himoyasini muhofaza qilish;
•    korrupsiyaga qarshi kurashish.

“Bu takliflarning aksariyati 26 may kuni bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi yig‘ilishida ma’lum qilingan dastlabki takliflar bilan uyg‘un jihatlari borligini ko‘rishimiz mumkin.

Xalqimiz, keng jamoatchilik amaldagi Konstitutsiyaning barcha, 6 ta bo‘limiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bilan bog‘liq takliflarni bergan bo‘lib, ularning aksariyati Bosh qomusimizning ikkinchi, uchinchi va beshinchi bo‘limlariga tegishli bo‘ldi”, deydi Odiljon Tojiyev.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi fuqarolar Konstitutsiyaviy komissiyaga ko‘proq taklif yo‘llaganini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing