O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi vaksina bilan emlanmoqda?

Salomatlik

image

O‘zbekistonda kecha, 6 noyabr holatiga ko‘ra, emlash jarayonlarida 27 845 532 doza vaksina qo‘llanildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ulardan:

•    1-bosqich emlanganlar 14 450 493  nafarni,
•    2-bosqichda emlanganlar 8 892 490 nafarni,
•    3-bosqich emlanganlar 4 502 549 nafarni tashkil qildi.

Emlash boshlanganidan beri 10 million nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. 7 oy mobaynida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 20 557 091 dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan:

•    10 369 913 dozasi 1-bosqichda,
•    5 929 066 dozasi 2-bosqichda,
•    4 258 112  3-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 78 foizini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 274 ming nafardan ortiq aholi “Sputnik-V” vaksinasi bilan turli bosqichlarda emlandi. Rossiyada ishlab chiqarilgan  ikki komponentli “Sputnik-V” vaksinasi ham mamlakatga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan. Bugunga kelib uning 498 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan:

•    274 821 dozasi 1-bosqichda,
•    223 585 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 2 foizini tashkil qilmoqda.

Joriy yil 1 noyabriga qadar O‘zbekistonga birinchi bo‘lib olib kelingan AstraZeneca vaksinasining 1 448 211 dozasi emlash jarayonlarida foydalanilgan.

Shundan:

•    798 703 dozasi 1-bosqichda,
•    649 508 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 5 foizini tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga keltirilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan Moderna vaksinasining 2 865 418 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan:

•    1 493 482 dozasi 1-bosqichda,
•    1 371 936 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinalarning 11 foizini tashkil qilmoqda.

AQSHda ishlab chiqarilgan Pfizer/BioNTech vaksinasining 1 015 920 dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan:

•    672 103 dozasi 1-bosqichda,
•    343 817 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 4 foizini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash ishlari joriy yilning 1 aprel kuni boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing