O‘zbekistonliklar 8 oyda elektromobillar uchun qancha pul sarflagani ochiqlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2022 6849 1 daqiqa
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 499 dona elektromobillar import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.
O‘zbekiston joriy yilning yanvar-avgust oylarida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar:
Xitoy – 1,3 ming dona;
BAA – 110 dona;
Germaniya – 34 dona;
Gonkong – 30 dona;
Boshqa davlatlar– 19 dona.
Live
Barchasi