O‘zbekistonlik ziyoratchilar o‘tirgan avtobus Makkaga ketayotib, YTHga uchradi

3-sahifa

image

Xususiy tur firmalardan biri tomonidan Umra safariga jo‘natilgan o‘zbekistonliklar o‘tirgan avtobus Saudiya Arabistonida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda halokatga uchragan yo‘lovchilardan birining oila a’zolari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Madina shahridan Makkaga yo‘l olgan avtobus avariyaga uchragan. Avtobus ichida 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hammasi o‘zbekistonlik.

Shuningdek, tur kompaniya ushbu ma’lumotni tahririyatimizga tasdiqladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 17 nafar yo‘lovchi yengil, 3 nafari og‘ir jarohat olgan, halok bo‘lganlar esa yo‘q.

“Haqiqatan ham hozirgina avtobusimiz avariyaga uchradi. 50 nafar yo‘lovchilarimizning barchasiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizildi. Lekin buncha  yo‘lovchining hammasini bitta shifoxonaga yotqizishning imkoni bo‘lmagani uchun jami 7 ta shifoxonaga jo‘natilgan”, deydi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda sayyohlik kompaniyasi ta’sischisi Shohrux Muhiddinov.

Shuningdek, u YTH sababini avtobusning yo‘l chetiga chiqib ketgani bilan izohladi.

“Hozirgi vaqtda yo‘lovchilarning barcha yaqinlari yonimizda (Toshkentdagi ofisda – tahr.) turibdi. Xodimlarimiz esa Saudiya Arabistonida, ular yo‘lovchilarimizning ahvolidan xabardor bo‘lib turishibdi”, deydi Muhiddinov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1727

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing