O‘zbekistonlik yosh short-trekchi xalqaro musobaqada 4 yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
27 dekabr 2021 2789 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasida doimiy mashg‘ulot olib boradigan o‘zbekistonlik yosh short-trekchi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Tver shahrida o‘tgan “Yosh yuguruvchi” mintaqalararo musobaqasida qatnashgan Alimardon Mahmudov 4 yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi.
Mahmudov 11 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 222, 333, 500 va 2000 metr masofalarda o‘tkazilgan poygalarda marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Alimardon Mahmudov joriy yilning noyabr oyida, Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tgan “Yosh yuguruvchi” xalqaro turnirida ham ishtirok etgan va ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025