O‘zbekistonlik o‘smirlar JCHni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 10 noyabr kuni Indoneziyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi. “B” guruhida bahslarga kirishgan O‘zbekiston vakillari dastlabki turda malilik tengqurlariga qarshi maydonga tushib, yirik 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Qora qit’a” vakillarining 3 ta goliga ham Mamadu Dumbiya mualliflik qildi.

Endi O‘zbekiston keyingi turda Kanada bilan kuch sinashadi. O‘yin 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 16 noyabr kuni esa Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Ispaniya vakillari bilan bahs olib boradi.

Ta’kidlash joiz, guruhlarda 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa ham nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 1-turdagi mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekistonning guruhda 1 yoki 2-o‘rinni egallashi biroz qiyin masalaga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol Indoneziya Jamoliddin Rahmatullaev Mamadu Dumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing