O‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo chempionatida 12 ta medal jamg‘arishdi

Sport

image

Joriy yilning 4-7 iyul kunlari Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada qit’aning 20 mamlakatidan tashrif burgan yosh kurash ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Unda to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonliklar bilan tanishing:

Oltin medal:

Amir Sultonov (yunon-rim kurashi, -60 kg)
Mushtari Tolipbekova (ayollar kurashi, -40 kg)

Kumush medal:

Abror Ataboyev (yunon-rim kurashi, -55 kg)
Laylo Sobirova (ayollar kurashi, -40 kg)
Nodirbek Yoqubov (erkin kurashi, -40 kg)
Arslon Rahimov (erkin kurashi, -40 kg)
Shohruh Jo‘rayev (erkin kurashi, -40 kg)

Bronza medal:

Quvonch Toshnazarov (yunon-rim kurashi, -48 kg)
Jahongir Hoshimov (yunon-rim kurashi, -93 kg)
Samandar Bobonazarov (yunon-rim kurashi, -73 kg)
Rushana Abdurasulova (ayollar kurashi, -65 kg)
Kamronbek Qadamov (erkin kurash, -48 kg)

O‘smirlar miqyosidagi turnir yakunlangach, navbat 9-14 iyul kunlari Tailandning Chon Buri shahrida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligiga yetib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Osiyo chempionati sport kurashlari

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing