O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar Jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
Sport
−
05 dekabr 2023
4725Joriy yilning 24 noyabridan 4 dekabriga qadar Armaniston poytaxti Yerevan shahrida, o‘smir bokschilar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston jamoasi umumiy 11 ta , 4 ta oltin, 3 kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Rossiya vakillariga nasib etdi. Rus sportchilari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni jamg‘ardi. Mezbon davlat vakillari esa 2-o‘rinni band etdi. Armanistonlik bokschilar 4 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medaliga loyiq ko‘rildi.
O‘zbekistonlik sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin medal:
1. -57 kg Sevara Mamatova;
2. +80 kg Sobiraxon Shahobiddinova;
3. -60 kg Firuzjon Sa’dullayev;
4. +80 kg Islom Solihov.
Kumush medal:
1. -46 kg Maftuna Musurmonova;
2. -75 kg Maftuna Yangiyeva;
3. -63 kg Hikmatillo O‘lmasov.
Bronza medal:
1. -46 kg Abdurahmon Mahmudjonov;
2. -66 kg Akbar Ahmadov;
3. -50 kg Husan Qahhorov;
4. -70 kg Norbek Abdullayev.
LiveBarchasi