O‘zbekistonlik to‘rt kikbokschi Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

−

image

Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing bo‘yicha bolalar, kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, musobaqa ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilardan to‘rt nafari oltin medalni qo‘lga kiritdi. -32 kg vaznda ishtirok etgan Asadbek Abduraimov finalda angliyalik raqibidan ustun keldi.

-42 kg vazn toifasidagi low-kick yo‘nalishi finalida Ulug‘bek Bahodirov barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

45 kgda Miraziz Ortiqov full-contact yo‘nalishining hal qiluvchi bahsida qozog‘istonlik Kazbek Bayahmetovdan ustun kelgan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasidagi bahslarda Mehroj Jumaboyevga teng keladigan raqib topilmadi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing