O‘zbekistonlik tayekvondochilar xalqaro turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Niderlandiyaning Eyndxoven shahri mezbonlik qilayotgan tayekvondo WT bo‘yicha “Dutch Open” xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirokini yakunladi. Ular 3 ta oltin va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov (-74 kg), Shuhrat Saloyev (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov (-74 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) bronza medali sohibiga aylandi. 

Qayd etish joiz, -74 kg vazn toifasining yarim finalida Jasur Jaysunov hamda Ulug‘bek Rashidov to‘qnash keldi va bahsda Jaysunovning qo‘li baland keldi.

O‘zbekiston jamoasi endi Belgiyaning Lommel shahri mezbonlik qiladigan  “Belgian Open” musobaqasiga tayyorgarlikni boshlaydi. Ushbu turnir 18-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing