O‘zbekistonlik taniqli sportchi faoliyatini yakunladi
Sport
−
16 noyabr
3268Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alise Faxrutdinova professional sportdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“27 yil oldin meni sportga yuborgan ota-onamga rahmat aytaman. Menga ishongan va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun oilam va yaqin do‘stlarimga minnatdorlik bildiraman. Endi esa men uchun hayotning yangi bosqichi eshiklari ochilmoqda. Rostini aytsam biroz qo‘rqinchli, lekin hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb yozgan Faxrutdinova.
Qayd etish joiz, Faxrutdinova ikkita Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u zamonaviy beshkurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik atlet hisoblanadi.
LiveBarchasi