O‘zbekistonlik talaba xalqaro ilmiy anjumanda birinchi o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
02 aprel 2019
4302Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetida “Zamonaviy tibbiyot: an’analar va innovatsiyalar” nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari ham kimyo va biokimyo haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi Muhammadjon Norov “Eksperimental giperxolisterinemiyada lipid metabolizmi ko‘rsatkichlariga ipak fibroin asosidagi moddaning ta’siri” nomli o‘z ilmiy ishi bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etish joiz, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalarining ilmiy ishlari anjuman qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi.
Anjuman g‘oliblari uchun alohida master-klass va treninglar o‘tkazildi.
LiveBarchasi