O‘zbekistonlik sportchilar Tokio Olimpiadasiga 169 kg osh olib ketgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yil 23 iyul kuni “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari start oldi. Ushbu Olimpiadaga O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari yarim tayyor shaklda qadoqlangan osh olib ketgan. Bu haqda TACC ma’lum qildi.

Nashrga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi a’zolaridan biri Tokioga o‘zlari bilan 500 idishda osh, 200 ta non va mol go‘shti olib kelganligini aytgan. 

“Biz 500 idishda an’anaviy usulda tayyorlangan Samarqandcha osh, 200 tacha non va mol go‘shti olib keldik. Bularni Olimpiadada ishtirok etayotgan boshqa sportchilar bilan ham bo‘lishyapmiz”, degan delegatsiya a’zosi. 

Ma’lumot o‘rnida, Olimpiadada ishtirok etayotgan 71 nafar o‘zbekistonlik sportchilar hisobida hozircha 2 ta medal bor. Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha oltin medalni, dzyudochi Davlat Bobonov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing