Tokio-2020: Ulug‘bek Rashidov O‘zbekistonga birinchi oltin medalni keltirdi
Sport
−
25 iyul 2021
9135O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashidov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘ldi. U biroz avval final jangini o‘tkazdi.
Ulug‘bek Rashidov amaldagi jahon chempioni britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.
O‘ta keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda o‘zbekistonlik sportchi 34:29 hisobini qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashidov shu tariqa tayekvondochilar orasida Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikka aylandi.
LiveBarchasi