O‘zbekistonlik sportchi “Garvard”da faoliyat yuritadi

Sport

image

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov AQSHning dunyoga mashhur “Garvard” universitetida faoliyat olib boradi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Abdurahmonov qit’a va Jahon chempionati, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari, ulardan oldin tashkil etiladigan asosiy yig‘inlardan tashqari, ma’lum davrda “Garvard” universitetida ish olib boradi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Bekzod Abdurahmonov ikki karra Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi, shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ko‘ra, 2015 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Harvard Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing