O‘zbekistonlik sobiq diplomat davlatga xoinlikda ayblanib, qamaldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik sobiq diplomat sud hukmi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bugun, 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sobiq diplomat K. Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi. DXX Tergov boshqarmasi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi K.Yusupov davlatga xoinlik qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchiga nisbatan jazo choralarini belgilashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, K. Yusupovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sobiq diplomat

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar