O‘zbekistonlik shaxmatchilar JCH saralashida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Latviyaning Riga shahrida 2021-2023 yilgi shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichining bir qismi bo‘lgan “Grand Swiss Tournament” musobaqasi boshlandi. 

Jahon chempionatiga saralash musobaqasida O‘zbekiston sharafini 4 nafar grossmeyster – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov himoya qilyapti. 

Turnir butun dunyo bo‘ylab 114 nafar eng kuchli shaxmatchilar o‘rtasida shveysarcha tizimda o‘tkaziladi. Bundan tashqari Fabiano Karuana, Levon Aronian, Alirizo Firuzja kabi FIDE reytingi yetakchilari ham g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. Turnir startidan bir hafta oldin Xikaru Nakamura, Vidit Gujrati, Aleksandr Grishuk, Shahriyar Mamediyarov va Richard Repport Latviyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli ishtirok etmasligini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Bahslarga ertaga, 27 oktyabr kuni start beriladi. 11 turdan iborat musobaqa 8 noyabrga qadar o‘tkaziladi va uning umumiy sovrin jamg‘armasi 425 000 AQSH dollaridan iborat. 

Ma’lumot uchun, musobaqada O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Husan Turdaliyev hakam sifatida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov FIDE Shaxmat

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing