O‘zbekistonlik shaxmatchilar Jahon kubogidagi yurishini kimga qarshi boshlaydi?
Sport
−
19 iyul 2023 4903 1 daqiqa
Joriy yilning 30 iyul–24 avgust kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘tkaziladi. Musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etadi. Erkaklar o‘rtasida 4 nafar sportchilar – Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovlar O‘zbekiston sharafini himoya qilsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Nilufar Yoqubboyeva g‘oliblik uchun kurashadi.
O‘zbekistonlik sportchilarning musobaqadagi ehtimoliy raqiblari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ular ilk bosqichni quyidagi shaxmatchilarga qarshi boshlaydi:
- Nodirbek Abdusattorov 1-bosqichdan avtomatik tarzda o‘tadi va 2-bosqichda Vaxap Shanal (Turkiya) – Zdenko Kozul (Xorvatiya) o‘yini g‘olibiga qarshi o‘ynaydi;
- Shamsiddin Vohidov 1-bosqichda Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon)ga qarshi o‘ynaydi;
- Javohir Sindarov 1-bosqichda Deng Kipriano Rean (JAR) bilan bahslashadi;
- Nodirbek Yoqubboyev 1-bosqichda Malek Koniaxli (Misr)ga qarshi dona suradi;
- Nilufar Yoqubboyeva 1-bosqichda Yeva Repkova (Slovakiya) bilan bellashadi.