O‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda murosa yo‘lini tanladi

Sport

image

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri o‘z poyoniga yetib bormoqda. Bugun, 28 yanvar kuni musobaqaning 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Masters” guruhida peshqadamlik qilayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 12-turda qora donalarda turnirdagi asosiy raqiblaridan biri amerikalik Uesli Soga qarshi bahs olib borib durangga imzo chekdi. Abdusattorov 12 imkoniyatdan 8 ochko to‘plab hamon musobaqa turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. 

“Challenger” guruhida dona surayotgan Javohir Sindorov esa eronlik Amin Tabatael bilan bahs olib bordi va durang natija qayd etdi. Sindorov 7,5 ochko to‘plagan holda hamon o‘z guruhida 3-pog‘onada bormoqda.

Turnirning so‘nggi turida Abdusattorov mezbonlar vakili Van Forestga qarshi dona sursa, Sindorov Tomas Berdsen bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing