O‘zbekistonlik paraatletlar yana oltin va bronzaga ega chiqdi
Sport
−
31 avgust
7591Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Parij-2024 yozgi Paralimpiada o‘yinlarining yengil atletika bahslarida erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida final bellashuvlari yakunlandi.
Unda ushbu yo‘nalishda oltin va bronza medallarni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev qo‘lga kiritdi.
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 6 taga yetdi: 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza.
Bugungi dastur doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar sportchilari musobaqa medallari uchun bahslarga kirishadi.
O‘zbekistonlik sportchilarning chiqishlari:
Para akademik eshkak eshish
12:30. Muhayyo Abdusattorova, PR1
Para yengil atletika
13:04. Elbek Sultonov, F12, yadro uloqtirish
13:09. Mohigul Hamdamova, F57, disk uloqtirish
Para velosport
13:19. G‘olibbek Mirzayorov, C1-3, 3000 m. vaqt poygasi
Para suzish
13:23. Firdavsbek Musabekov, S13, 400 m. erkin
Dmitriy Xorlin, S13, 400 m. erkin
13:30. Muzaffar Tursunxo‘jayev, S13, 400 m. erkin
13:37. Shoxsanamxon Toshpo‘latova, S13, 400 m. erkin
Para velosport
14:58. Azimbek Abdullayev, C5, 4000 m. yakkalik pursuit
Para o‘q otish
15:00. Shahnoza Mamajonova, P2, 10 m. to‘pponchadan otish
Para yengil atletika
15:26. Urganchbek Egamnazarov, T11, 400 m. yugurish
Para taekvondo
15:43. Guljanoy Naimova, K44, +65 kg
17:11. Asadbek Toshtemirov, K44, -80 kg
Para yengil atletika
22:08. Yorqinbek Odilov, F57, nayza uloqtirish
LiveBarchasi