O‘zbekistonlik oltinchi bokschi Jahon chempionatini tark etdi
Sport
−
01 noyabr 2021
5643Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Yaponiya vakili Sevonret Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi va mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Jahon chempionatida oltinchi o‘zbekistonlik bokschi musobaqani tark etdi.
Farg‘onalik bokschi ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni, keyingi bosqichda esa Falastin vakili Ahmed Xarara mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 54 kg vazndagi Shahobiddin Zoirov ham JCHdagi ikkinchi jangida yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi ringga ko‘tarilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
LiveBarchasi