O‘zbekistonlik murabbiy o‘z shogirdini kaltaklagani sababini aytdi (video)

Sport

image

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan muaytay bo‘yicha Osiyo chempionatida murabbiy o‘z shogirdini ayovsiz tarzda kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

QALAMPIR.UZ holat bo‘yicha O‘zbekiston muaytay federatsiyasi Toshkent shahar mintaqaviy bo‘limi raisi Ahmadjon Mirzayev bilan bog‘landi. 

Mirzayevning ma’lum qilishicha, holat 25 avgust kuni muaytay bo‘yicha Osiyo chempionatida bo‘lib o‘tgan. Musobaqa ishtirokchisini kaltaklagan kishi uning ham otasi, ham murabbiyi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, otasi o‘g‘lini jangda yutqazib, hakamlarga e’tiroz bildirgani uchun jahl ustida urgan. 

Farzandiga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari uchun murabbiy 1 yilga musobaqalardan chetlatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati muaytay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing