O‘zbekistonlik migrant Rossiyadagi YTHda halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 12 avgust kuni 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Murino shahrida Nissan avtomobili g‘ildiraklari ostida qoldi. Olingan jarohatlar oqibatida u vafot etgan. Bu haqda rus nashrlari huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga asoslanib yozmoqda. 

Baxtsiz hodisa Murinodagi "Grenlandiya" turar-joy majmuasi yaqinidagi Yekaterinskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Migrant piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan yerdan yo‘lni kesib o‘tayotganda, mashina uni urib ketgan. YTHdan so‘ng, Nissan haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanuvchi vafot etgan. Voqea sodir etgan shaxs hibsga olingan va izolyatorga joylashtirilgan. YTH bo‘yicha "yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish"moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, hibsga olingan shaxs bir yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun to‘rt marta javobgarlikka tortilgan.

Go‘zal Alimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing