O‘zbekistonlik kurashchi doping sababli Olimpiada litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (125 kg gacha), suriyalik Badha Xutab (125 kg gacha) va fransiyalik Zelimxon Xojiyev (74 kg gacha) dopingga qarshi kurash qoidalarini buzganligi sababli 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari litsenziyasidan mahrum bo‘ldi. Xalqaro aksildoping agentligi ular taqiqlangan moddalar qabul qilganini aniqladi. Bu haqda Jahon kurash birlashmasi (UWW) matbuot xizmati xabar berdi.

Kurashchilar o‘tgan yilning sentyabr oyida Nur-Sulton shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha Jahon chempionatida litsenziyani qo‘lga kiritgan edi. Mazkur musobaqada Hasanboy Rahimov bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Ularning o‘rniga Kammil Ribitskiy (Polsha), Ezgon Shala (Kosovo) va Yadolax Mohebi (Eron) Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarga ega bo‘ldi. Ammo O‘zbekiston, Suriya va Fransiya vakillariga mart oyida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya saralash musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi va ular yana litsenziyani qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpia erkin kurashchi

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing