O‘zbekistonlik gimnastikachilar Jahon kubogida 4 ta medalga ega chiqdi
Sport
−
17 aprel 2023
4343Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik Taxmina Ikromova halqadagi mashqda, shuningdek, guruh mashqida 5 halqa bilan chiqish qilgan O‘zbekiston jamoasi qizlari shohsupaning 3-pog‘onasiga ko‘tarildi.
Halqa:
1.Sofiya Rafaeli (Italiya);
2.Margarita Kolosov (Germaniya);
3.Taxmina Ikromova (O‘zbekiston).
5 halqada guruh mashqi:
1.Xitoy;
2.Qozog‘iston;
3.O‘zbekiston (Yekaterina Fetisova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Nargiza
Jumaniyozova, Ruxshona Dehkonova, Irodaxon Sodiqova).
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
LiveBarchasi