O‘zbekistonlik futbolchilar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
26 iyun 2023
19138Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogining 1/4 finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida raqiblar o‘yinni ancha faol boshladi va 19-daqiqada O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilandi. Muhammadyusuf Sobirov zarbani ishonchli bartaraf yetdi. Shu bilan dastlabki 45 daqiqalikda hisob ochilmadi.
Shuningdek, ikkinchi taymni to‘liq ustunlikda o‘tkazgan o‘zbekistonliklar 79-daqiqada Saudiya Arabistoni muhofazasidagi hududni ishg‘ol qildi. Al Burayhning xatosi bilan avtogol fonida hisob ochildi.
Bahsning asosiy vaqti yakunlay deb qolganda (84-daqiqada) Dilshod Abdullayev O‘zbekistonning ikkinchi golini urdi hamda hisobdagi farqni bittaga oshirib qo‘ydi.
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va uchrashuv 2:0 ko‘rinishida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi.
Bu orqali O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi