O‘zbekistonlik futbolchi sobiq klubidan o‘z transferini sotib oldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev o‘zining transferini “Paxtakor”dan 500 ming yevro evaziga sotib oldi. Bu haqda “Sport24” xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, “Paxtakor”ning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullayevning SSKAga o‘tishi bo‘yicha bitimning moliyaviy tomoni to‘liq yakunlagan. Futbolchi sobiq klubi hisobiga 500 ming yevro miqdoridagi transfer summasini to‘lab bergan, buni “sherlar” bosh direktori Dmitriy Adisman ham tasdiqlagan.

“Paxtakor” va SSKA o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan 500 ming yevrolik summani futbolchining o‘zi klubimiz kassasiga o‘tkazgan. Hozir hech qanday muammo yo‘q, Abbosbek o‘z transferi uchun to‘liq pul to‘ladi, SSKAga ham, vingerga ham ortiqcha savolimiz yo‘q”, deydi Adisman.


Ma’lumot uchun, Fayzullayevning “Transfermarkt”dagi narxi 750 ming yevroni tashkil etadi, biroq portalning rus tilidagi bo‘limida o‘zbekistonlik futbolchi eng mashhur ikkinchi profil egasi hisoblanadi. Birinchi o‘rinda Rossiya va Braziliya fuqaroligiga ega bo‘lgan “Al-Hilol” futbolchisi Malkom qayd etilgan. 

Legioner joriy yilning mart oyida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U-20 turniri doirasida O‘zbekiston jamoasi bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Argentinada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida to‘rt o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 

Abbosbek Fayzullayev 2022/2023 yilgi mavsumda Superligada “Paxtakor“ nomidan 6 o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 2 ta golni rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning SSKA jamoasi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnoma imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing