O‘zbekistonlik futbolchi qizlar Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 30 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida davom etayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining futbol dasturi doirasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi vakillariga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinlarda ilk bor qatnashayotgan Midori Xonda boshchiligidagi o‘zbekistonlik futbolchi qizlar raqib jamoani 2:1 hisobida dog‘da qoldirib, yarim finalga yo‘l oldi.

Chorak finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda zaxiradan maydonga tushgan Umida Zoirovaning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi. Qolgan vaqt davomida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Midori shogirdlari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston 2:1 Xitoy Taipeyi
Gollar:
Diyora Habibullayeva 52ʻ, Umida Zoirova 100ʻ – Su Yuysyuan 86ʻ.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo o'yinlari futbol Midori Xonda Xanchjou Xitoy Taipeyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing