O‘zbekistonlik “fura”chilarga xushxabar: xalqaro yuk tashuvlari uchun to‘siqlar kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston haydovchilariga Turkmaniston vizasini olish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda joriy yilning 15-16 avgust kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar Transport vazirlarining “Ashxobod jarayoni: o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish uchun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Turkmaniston tomoni bilan “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron” xalqaro transport va tranzit yo‘lagi orqali yuklarni Turkiyaga intermodal tashuvlarlarini tashkil etish, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘imlarni qisqartirish, O‘zbekiston haydovchilariga Turkmaniston vizasini olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Eron tomoni bilan esa avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun o‘rnatilgan yig‘im hamda to‘lovlar miqdorini qisqartirish, “Chobahor” portidan O‘zbekistonga pilot yuk avtomobil tashuvlarni tashkil etish, O‘zbekiston orqali “Xitoy-Yevropa” transport yo‘nalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Eron tomoni bilan Turkiyaning Van ko‘li orqali tashuvlar sxemasini hamkorlikda ishlab chiqishga kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

576

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing