O‘zbekistonlik erkakni kaltaklagan FMS xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
07 may 2021
8450Avvalroq Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida migratsiya xodimlari O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Hozirda ushbu xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tomsk tergov bo‘limining rasmiy sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyati Tergov bo‘limi Tomsk migratsiya markazida O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilgani to‘g‘risida tekshiruv o‘tkazgan.
“Rossiya Ichki ishlar vazirligining Tomsk viloyati bo‘yicha xizmati Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 286-moddasi 3-qismining "a" bandida (zo‘ravonlik yoki undan foydalanish tahdidi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan migratsiya bo‘limi xodimiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi