O‘zbekistonlik dzyudochilar Parijda qancha pul ishlab oldi?
Sport
−
07 fevral 2022
14431Dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" tasnifiga kiruvchi yilning ilk musobaqasi nihoyasiga yetdi. Fransiya poytaxti Parijda 5-6 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan turnirda 5 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etib, yakunda ular jami uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etgan edi. Reglamentda bronza medali uchun pul yutug‘i umumiy 1 500 yevro qilib belgilangan. Shundan 1 200 yevro sportchiga va 300 yevro murabbiyga berilishi ko‘zda tutilgan.
-81 kg vaznda Sharofiddin Boltaboyev, -90 kg vaznda Davlat Bobonov hamda -100 kg vaznda Muzaffarbek To‘raboyevning barchasi faxrli 3- o‘rindan joy egallashdi. Shunga ko‘ra, Sharofiddin, Davlat hamda Muzaffarbekning har biri 1200 yevrodan, Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi esa 900 yevro pul yutug‘iga ega chiqishdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston vakillari Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi muhim reyting ballarini qo‘lga kiritishdi. Ishtirokiga ko‘ra o‘zbekistonlik dzyudochilar qo‘lga kiritgan ballar quyidagicha:
-60 kg: Dilshodbek Baratov 20 ball;
-73 kg: Shahram Ahadov 360 ball;
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev 500 ball;
-90 kg: Davlat Bobonov 500 ball;
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev 500 ball.
"Katta dubulg‘a" tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqada pul yutuqlari va reyting ballari Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra qay tariqa taqsimlanishini quyida bilib olishingiz mumkin.
Sportchilarga medalga ko‘ra berilgan pul mukofoti
Reyting bali:
Oltin – 1000;
Kumush – 700;
Bronza – 500.
Navro‘zbek Mamaziyoyev
LiveBarchasi