O‘zbekistonlik dzyudochilar xalqaro musobaqada 3 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

image

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning oxirgi kunida +100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. U 3-o‘rin uchun kechgan bahsda slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi. 

Bungacha -73 kg vazn toifasida Obidxon No‘monov finalgacha yetib borib, kumush medal bilan kifoyalangandi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova oltin medalga ega chiqdi. 

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza jami 3 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jami 6 ta medalga ega chiqqan mezbon – Gruziya jamoasi 1-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Katta dubulg'a” turniri Shohruh Baxtiyorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar