O‘zbekistonlik dzyudochi qiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mukofot jamg‘armasi 100 ming yevroni tashkil etuvchi dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning endigina 2-kuni boshlanganiga qaramay, O‘zbekiston vakili Shukurjon Aminova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada O‘zbekiston tomoni katta tarkib bilan o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab oldi. Kecha, 2 iyun kuni -52 kg vazn toifasida Shukurjon Aminova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibasiga aylandi.

Bu natija bilan Aminova jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi uchun esa 350 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Taqdirlash marosimida Xalqaro dzyudo federatsiyasi hakamlar hay’ati direktori, o‘zbekistonlik Armen Bagdasarov Aminovaga oltin medalni topshirdi.  

Bugun, 3 iyun kuni 8 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi musobaqa medallari va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

O‘zbekiston birinchi kun yakunlari bo‘yicha 1 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 40 davlat orasida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing