O‘zbekistonlik dunyoning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022 yilning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga nomzod sportchilarni e’lon qildi. E’tiborlisi, da’vogarlar qatoridan o‘zbekistonlik Davlat Bobonov ham joy oldi.

Bobonovdan tashqari, “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasiga gruziyalik Tato Grigalashvili, kubalik Endi Granda, Mo‘g‘uliston vakili Sogbatar Send-Ochir va yaponiyalik Xifumi Abe da’vogarlik qilmoqda. Reglamentga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 12-31 yanvar kunlari awards.ijf.org platformasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib 5 fevral kuni Parij “Katta dubulg‘a” turniri doirasida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Bobonov 2022 yil davomida Parij “Katta dubulg‘a” turniri va Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlarida bronza, Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” turnirida kumush va Toshkentda o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Bobonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing