O‘zbekistonlik bokschilarning WBC'dagi reytingi e’lon qilindi
Sport
−
20 avgust
20453Butunjahon boks ittifoqi (WBC) 2024 yilning avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov yangilangan reytingda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikki karra Olimpiada chempioni iyul oyi reytingida 8-o‘rinni egallab turgandi.
Ushbu vaznda Aleksandr Usik chempion, Tayson Fyuri esa 1-o‘rinni band etgan. Jalolovdan oldingi o‘rinlardan Agit Kabayel (Germaniya), Martin Bakole Ilunga (Kongo/Buyuk Britaniya), Chjang Chjiley (Xitoy) hamda Nigeriya/AQSH vakili Efe Ajagba joy olgan.
- Yangilangan reytingdan O‘zbekistonning 10 nafar bokschisi o‘rin olgan:
- Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘rindan joy oldi;
- Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘rinni band etdi;
- Superyarim o‘rta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov 3-o‘rinda;
- Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov bir pog‘ona yuqorilab, 7-o‘rinni band etgan bo‘lsa; Jahongir Rasulov 3 pog‘onaga pastladi va 30-o‘rinni egalladi;
- Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 18-o‘rinni egallagan;
- Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov iyul oyidagi kabi 28-o‘rinni band etib turibdi;
- Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona pastlab, 35-o‘ringa tushdi;
- Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqoriladi va 4-o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschilar Bahodir Jalolov va Shohjahon Ergashev Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) yangilangan reytingida kuchli o‘n beshtalikni tark etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi