O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda muvafaqqiyatli ishtirok etishdi

Sport

image

Joriy yilning 19-23 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aksay shahrida boks bo‘yicha 2007-2008 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida xalqaro “Do‘stlik kubogi” turniri o‘tkazildi.

Mezbonlardan tashqari Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etgan bahslarda turli vaznlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqalarda 6 nafar bokschi O‘zbekiston sharafini himoya qildi. E’tiborlisi ularning barchasi turnir sovrindorlari qatoridan joy olishdi.

Shahboz Ergashev (52 kg), Hikmatullo O‘lmasov (-60 kg) va Akbar Ahmadov (-63 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadaziz Qo‘ldoshaliyev (-50 kg), Ibrohim G‘iyosov (-52 kg) va Murodilla Sunnatullayev (-54 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Avvalroq, boks bo‘yicha katta yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘lgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing