O‘zbekistonlik bokschi qiz JCHda sovrindor bo‘ldi. Uning raqibi erkak bo‘lishi mumkin

Sport

image

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo‘yicha Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

-66 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik bokschi chorak finalda jazoirlik Imane Halifga imkoniyatni boy bergandi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Imane Halif topshirgan testoteron tekshiruvlari tashkilotchilarni shubhalantirgan, sababi jazoirlik sportchi erkak kishi bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing