O‘zbekistonlik ayol Rossiyaning yirik kompaniyasiga bosh direktor bo‘ldi
Olam
−
17 aprel 2019
13815Ra’no Jo‘rayeva S7 Group tarkibiga kiruvchi “S7 Kosmicheskiye Transportnыye Sistemы” (S7 Kosmik transport tizimlari – S7 Space) MCHJ bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Ra’no Jo‘rayevaning tayinlanishi to‘g‘risidagi qaror sobiq bosh direktor Sergey Sopovning vakolat muddati tugagani sababli kompaniya direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan.
Ra’no Jo‘rayeva sohadag eng kuchli menejerlardan hisoblanadi. Bungacha u bir necha yil davomida “Roskosmos”ning “Yer kosmik infratuzilma ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish markazi”ga rahbarlik qilgan.
Ra’no Jo‘rayeva Toshkentda tug‘ilgan. Maktabni tamomlab, Leningrad aviatsion uskunasozlik institutiga kirgan. Bir yil o‘tib o‘qishini Moskva aviatsiya institutiga ko‘chirgan. Butunrossiya tashqi savdo akademiyasida xalqaro iqtisodiy munosabatlardan saboq olgan. Garvard bizes-maktabida moliyaviy menejment strategiyasini o‘rgangan.
Ma’lumot uchun, S7 Group – Rossiyaning yirik xususiy aviatsion va kosmik xoldingi. Xolding aviatashuv, texnik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni birlashtirgan.
LiveBarchasi