O‘zbekistonlik ayol Istanbulda chaqalog‘ini xaltaga solib, 4-qavatdan uloqtirdi

3-sahifa

image

Istanbulning Bog‘chalievlar tumanida uy ishlarini bajarish bilan tirikchilib qilib kelayotgan o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan uloqtirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Chaqaloq yerga tushiboq vafot etgan, ayol esa hibsga olingan. 

Tergov jarayonida S.B. ismli ayol 22 yoshda ekani va O‘zbekiston fuqarosiligi ma’lum bo‘lgan. Ayol o‘z ko‘rsatmasida homilador ekanini bilmagani, birdan og‘riqlar boshlangani, keyin esa chaqaloq o‘lik tug‘ilganini aytgan. U o‘lik tug‘ilgan chaqalog‘ini qo‘rqqanidan xaltaga solib, pasttga uloqtirganini bildirgan va o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. 

O‘zbekistonlik S.B. jinoyat ishlari bo‘yicha Bakirko‘y sudi hukmi bilan hibsga olingan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol chaqaloqni uloqtirgan xonadonda 10-15 kundan beri ishlayotgan bo‘lgan va homilador ekanini uy egalaridan yashirgan. Bolani esa xonadonda dunyoga keltirib, ishidan ayrilmaslik maqsadida uni yuqori qavatdan tashlab yuborgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing