O‘zbekistonlik ayol Isroilda hibsga olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Isroil poytaxti Tel-avivda 37 yashar o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi. U o‘zi enagalik qilgan 83 yashar ayolga zo‘ravonlik qilish va jarohat yetkazishda ayblanmoqda. Bu haqda mahalliy “Kikar” nashri xabar berdi. 

Tergov davomida olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik mehnat muhojiri 83 yayashar ayolning uyiga tozalash uchun borganida uni uyning omborxonasiga qamab qo‘ygan. Shuningdek, onaxonning tanasidagi ko‘karish izlari o‘zbekistonlik enaganing unga jirohat yetkazgani va zo‘ravonlik qilgani nisbatan gumonlarni tasdiqlagan. 

O‘zbekistonlik 37 yoshli tarbiyachi so‘roq qilish uchun hibsga olindi. Gumonlanuvchi keksa ayolni kaltaklab, uning yuzi va tanasining ko‘karishiga sabab bo‘lganligi ham gumon qilingan. 

Gumonlanuvchini qamoqda saqlab turish mudddati sud tomonidan vaqti-vaqti bilan uzaytirildi va tergov yakuni bilan unga nisbatan ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. Sud jarayoni tugaguniga qadar ayol hibsda saqlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing