O‘zbekistonlik avtotashuvchilar Turkiyaga 30 kun vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi
Jamiyat
−
15 may 2019
4956O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiya Respublikasiga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2017 yil 25 oktyabr kuni Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangandi. Ushbu kelishuvni amalga oshirish doirasida Turkiya Hukumati o‘zbekistonlik avtotashuvchilarga 30 kunlik vizasiz kirish tartibini joriy qilishga doir qarorni qabul qildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 9 may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 10 maydan kuchga kirdi.
LiveBarchasi