O‘zbekistonlik atlet Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
Sport
−
14 Oktyabr 2025 4211 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi medallariga ega chiqdi. Xususan, Nasiba Toshpo‘latova 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Misrning Qohira shahri mezblonligidagi musobaqada ayollar o‘rtasida 45 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Nasiba Toshpo‘latova A finalida muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza medalini o‘ziniki qilgan.
Ayollar, 45 kg:
- Guo Lingling (Xitoy) – (eng yaxshi ko‘rsatkich: 125 kg; umumiy: 368 kg)
- Tululup Ogundoli (Nigeriya) – (eng yaxshi ko‘rsatkich: 112 kg; umumiy: 330 kg)
- Nasiba Toshpo‘latova (O‘zbekiston) – (eng yaxshi ko‘rsatkich: 111 kg; umumiy: 325 kg).
Ayni damda O‘zbekiston terma jamosi hisobidagi medallar soni 4 tani tashkil etmoqda: 2 ta kumush va 2 ta bronza. Musobaqa davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiyaning Fyorde shahrida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda jahon rekordini o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr