O‘zbekistonlik alpinist Yer sayyorasining eng baland cho‘qqisini zabt etdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 1 iyun kuni o‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisini zabt etdi. 

Toshkent vaqti 16:45 da O‘zbekiston fuqarosi Sergey Denisenko Yer sayyorasining eng baland nuqtasi — balandligi 8848 metr bo‘lgan Everest (Jamalungma) cho‘qqisida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan.

Qayd etish joizki, bu o‘zbekistonliklar tomonidan tog‘ga Nepal tomondan birinchi ko‘tarilishdir.

Ushbu murakkab va xavfli sayohat toqqa chiqish mavsumining juda g‘ayritabiiy, beqaror ob-havo paytida amalga oshirilgan. Ekspeditsiya taxminan 2 oy davom etgan. Ko‘tarilish O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing