O‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchi vafot etdi

Sport

image

Bugun, 11 dekabr kuni joriy mavsumni “Andijon” jamoasi safida o‘tkazgan futbolchi Diyor Rahimqulov avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Beso‘roq o‘lim yoshmi, qarimi, olib ketaverar ekan. Iqtidorli, insoniylik hislatlari yuqori bo‘lgan futbolchilarimiz soni bittaga kamaydi.  Asli, “Bunyodkor” klubiga tegishli bo‘lgan, yakuniga yetgan mavsumni esa andijonliklar tarkibida ijara asosida o‘tkazgan, endi 20 yoshni qarshi olgan Diyor Rahimqulov avtoto‘qnashuv natijasida hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi xabarni oldik. Kelajagi porloq, Olimpiya terma jamoasiga nomzod hisoblangan marhumning yaqinlari, oila-a’zolariga “Andijon”klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, birga to‘p surgan jamoadoshlari nomidan chuqur qayg‘uda ekanligimizni bildirib, hamdardligimizni izhor etamiz. Oxirati obod bo‘lsin!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Diyor Rahimqulov Toshkentning “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2021 yilgi mavsumni “Andijon” tarkibida o‘tkazgan edi. Klub O‘zbekiston Superligasida 13-o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketganidan so‘ng, noyabr oyida andijonliklar u bilan shartnomani bekor qilgan edi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Futbol Superliga Sport Diyor Rahimqulov

Baholaganlar

916

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing