O‘zbekistonlik 15 yoshli qiz farzandli bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 15 yoshli O‘zbekiston fuqarosi farzandli bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bergan.

Namanganlik 15 yoshli qiz Bishkekdagi Ona va bolani himoya qilish milliy markazi qoshidagi tug‘ruqxonada qiz farzand dunyoga keltirgan. Bu ma’lumotni Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassisi Raisa Asilbasheva tasdiqlagan.

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari shug‘ullanyapti.

“Qizga javob berildi, bola shifokorlar nazoratida qoldi”, degan Asilbasheva.

Mutaxassis holat bo‘yicha boshqa ma’lumot bermagan.

Avvalroq Samarqandda 13 yashar qiz 25 haftalik homilador ekani haqida xabar bergan edik. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3847

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing