O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhi qachon ortga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14 iyul – 4 avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonga qaytuvchi hojilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan. 

Qayd etilishicha, “Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘zbekistonga Haj ziyorati uchun 10 865 kvota ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing